AsosiyJamiyat

Rag`batlantirilmagan yangiyo`llik sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari bo`yicha rasmiylar munosabat bildirishdi

'Rag`batlantirilmagan yangiyo`llik sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari bo`yicha rasmiylar munosabat bildirishdi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanidagi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda bir videomurojaat tarqaldi

Unda SEO xodimlari ishlash uchun karantin zonalariga yuborilgan lekin, shu kungacha maxsus rag`batlantirish to`lovlarini olmaganligi qayd etilgan. Ta`kidlanishicha, ular bu pullarni “qog`ozda” olganliklarini shuningdek, tumanning Sanitariya-epidemiologiya farovonligi bosh vrachi koronavirus bilan kasallanganligi va kasalxonada ekanligi bois, unga 179 million so`m miqdorida kompensasiya berilganligi aytilgan. 


Bundan tashqari, murojaatchi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi nima uchun tekshiruv o`tkazmayotganligi so`ralgan. 


Ushbu videomurojaat yuzasidan viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Abduhakim Sotvoldiev quyidagilarni ma`lum qiladi:

2020 yil 26 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo`llab quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ №4652-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Yangiyo`l tuman SEO markazining 6 nafar xodimlari jalb etilgan bo`lib, Yangiyo`l tuman SEO markazining 47 nafar xodimiga esa, Prezident Farmoniga asosan 6% oylik maoshiga qo`shimcha haq joriy yilning 15 iyuniga qadar to`lab berilgan. Hozirda yana moliyalashtirish jarayonlari ketayapti. 

Shuningdek, Prezident qaroriga muvofiq, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob`ektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo`shimcha rag`batlantirish to`lovi belgilangan bo`lib, lekin karantin markaziga jalb etilgan dezinfektorlar maxsus komissiyaning 20-sonli bayoni asosida bemorlar bilan muloqotda bo`lmaydi. Ya`ni, kasallik o`chog`iga bemor va ular bilan muloqotda bo`lgan fuqarolar chiqib ketgandan so`ng kiradi hamda yakunlovchi dezinfeksiya ishlarini olib boradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirganligi uchun faqatgina 6% oylik maoshiga qo`shimcha xaq to`lab berish bilan rag`batlantirilish ko`zda tutilgan.  


 

    Boshqa yangiliklar