AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan yana 500 dan ortiq bemor sog`aydi ORTIQ BEMOR SOG`AYDI

'O`zbekistonda koronavirusdan yana 500 dan ortiq bemor sog`aydi ORTIQ BEMOR SOG`AYDI'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, bugun ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 517 nafar bemor sog`aydi.

Jumladan, Toshkent viloyatida 235 nafar, Samarqand viloyatida 104 nafar, Toshkent shahrida 102 nafar, Navoiy viloyatida 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Sirdaryo viloyatida ham 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar hamda Farg`ona viloyatida 3 nafar bemor kasallikdan forig` bo`ldi.  

Shunday qilib, ayni paytga qadar yurtimizda 22 559 (+517) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 72 foizni tashkil qilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar