AsosiyJamiyat

Koronavirusdan zararlanganlar 248 nafarga ko`paydi. Toshkent va Toshkent viloyatida ikki bemor vafot etdi

'Koronavirusdan zararlanganlar 248 nafarga ko`paydi. Toshkent va Toshkent viloyatida ikki bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 10 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 068 (+248) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida, 106 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko`tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak) hamda Qibray tumanida yashagan 80 yoshli X.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 22 559 (+517) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 311 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar