Aybiga iqrorlik bo`yicha kelishuv instituti joriy qilinadi

Jamiyat 10.08.2020, 19:28
Aybiga iqrorlik bo`yicha kelishuv instituti joriy qilinadi

Jinoyatlarni fosh etish faoliyati takomillashadi, bu bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi, deb xabar bermoqda huquqiy axborot kanali.

“Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni (PF-6041-son, 10.08.2020 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, jinoyatlarni fosh etish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilar belgilanadi:

➖ gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ariza, tushuntirish yoki ko`rsatuvlar olishni mazkur jinoyat ishi yurituvida bo`lgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirish (belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno);

➖ jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlab turish muddatini u haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblash;

➖ shaxs amalda ushlangan paytdan boshlab, tegishli mansabdor shaxs u bilan bog`liq surishtiruv va tergov harakatlarini o`tkazishdan oldin advokat bilan xoli uchrashuvni ta`minlashi shartligini belgilash;

➖ aybiga iqrorlik bo`yicha kelishuv institutini joriy qilish;

➖ o`ta og`ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo`yicha, shuningdek, shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash masalasi ko`rib chiqilayotganda himoyachining ishtirok etishi shartligini belgilash.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1