1

Livan hukumati namoyishlar ortidan iste`foga chiqdi

Dunyo 11.08.2020, 07:04
Livan hukumati namoyishlar ortidan iste`foga chiqdi

Livan hukumati iste`foga chiqdi, deb bayonot berdi sog`liqni saqlash vaziri Hamid Hasan LBC telekanali efirida, deb yozdi "kun.uz".

Vazirlar Mahkamasida o`tkazilgan yig`ilishdan so`ng, Zeyna Akr Mudofaa vaziri kursisini tark etgan. Avvalroq, hukumatning bir necha vakili iste`fo haqida bayonot bergan edi. 10 avgust kuni kechqurun bu masala bo`yicha bosh vazir Hasan Diab ham bayonot berishi kutilmoqda.

Hukumatning to`liq tarkibda iste`foga chiqishi Bayrut aholisi talablaridan birining bajarilishini anglatadi.

Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo`ldi. Natijada, shaharga juda katta zarar etkazildi, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig`i uylaridan mahrum bo`ldi, 200ga yaqin insonning jasadi topildi.

7 avgustdan boshlab livanliklar norozilik namoyishiga chiqishdi, keyinchalik bu ommaviy to`qnashuvlarga aylanib ketdi. Namoyishchilar polisiyani toshbo`ron qilishdi, petardalarni otishdi, bunga javoban, polisiya ko`zni yoshlantiruvchi gazga ega granatalarni uloqtirdi. Namoyishchilar bir qancha talablarni qo`yishdi, jumladan, parlamentni tarqatib yuborish, islohotlarni o`tkazish va h.k.

Juma kuni ular 4ta vazirlikning binosini egallashdi, ammo keyinchalik harbiylar ularni hukumat idoralaridan siqib chiqarishga muvaffaq bo`lishdi. 

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko`ra, tartibsizliklar oqibatida xavfsizlik xizmatining bir xodimi halok bo`ldi, 700dan ortiq kishi jarohatlandi.

Mavzuga doir:

Bayrutda kuchli portlash sodir bo`ldi (video)

Bayrutdagi portlashda Rossiya va Qozog`iston elchixonalari zarar ko`rdi (video)

Qurbonlar soni 100 nafardan oshdi. Bayrutdagi portlash sababi ma`lum bo`ldi

Tramp Bayrutdagi portlash hujum bo`lgan bo`lishi mumkinligini aytdi

Kuchli portlash sabab Bayrutda namoyishchilar va polisiya o`rtasidagi to`qnashuvlar avj olib ketdi (video)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1