AsosiyJamiyat

Ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini etarli asoslar bo`lmaganda so`roq qilish taqiqlanadi

'Ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini etarli asoslar bo`lmaganda  so`roq qilish taqiqlanadi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan Farmon qabul qilindi. 

Unga ko`ra, shaxsga nisbatan tergov davrida e`lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko`rilayotganligidan qat`i nazar yarashuv instituti doirasiga tushadigan engilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yarashuv institutini qo`llash tartibi joriy qilinmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni g`ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash taqiqlanadi.

Shuningdek, ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini prosess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo`lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so`roq qilish taqiqlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar