Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan Farmon qabul qilindi.
Unga ko`ra, og`ir yoki o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilmasligiga oid qoida voyaga etmaganlar, I va II guruh nogironlari, ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklar va ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo`llanilmaydi.
Voyaga etmaganlar, I va II guruh nogironlari hamda pensiya yoshiga etgan shaxslarga nisbatan 3 yildan ortiq bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun 5 yildan ortiq bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo`yicha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llashga yo`l qo`yilmaydi.






