u haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma`lum qildi.
Hozir dunyoda koronavirusga chalinganlar 20 millionga, qurbonlar esa 750 mingga yaqinlashmoqda, shunga qaramay:
️«Ko`pchiligingiz qayg`uda ekaningizni va bu dunyo uchun qiyin vaqt ekanini bilaman. Biroq men oydinlik kiritishni istayman: umid uchqunlari bor va mamlakat, mintaqa, shahar yoki posyolka, qaerda joylashganidan qat`i nazar COVID-19 tarqalishining oldini olish hech qachon kech emas», — deydi Gebreyesus.
Uning so`zlariga ko`ra, Yangi Zelandiya koronavirusga qarshi qanday kurashish lozimligi borasida dunyoga namuna bo`lgan. Mamlakat ichida koronavirus bilan yangi kasallanish holatlari 100 kundan buyon qayd etilmayapti.
JSST rahbari barcha davlatlar etakchilarini harakat qilishga, fuqarolarni esa yangi cheklov choralariga rioya qilishga chaqirgan.






