AsosiyJamiyat

Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechgi ta`lim shakllari joriy etiladi

'Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechgi ta`lim shakllari joriy etiladi'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus professional ta`lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida" Hukumat qarori (466-son, 07.08.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko`ra, professional ta`lim mehnat bozoridagi kadrlarga bo`lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda "Hayot davomida ta`lim olish" prinsipi asosida ta`lim olishga mo`ljallangan.

Professional ta`lim tizimida kadrlar tayyorlash kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda amalga oshiriladi.

Ushbu ta`lim muassasalarini tashkil etish va tugatish Hukumat tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Nodavlat professional ta`lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.

Davlat organlari va xo`jalik birlashmalari professional ta`lim muassasalarining muassisi bo`lishi mumkin.

 Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechgi ta`lim shakllari joriy etiladi.

Professional ta`lim muassasalarida qoidaga ko`ra, guruhlarda kamida 12 nafar va ko`pi bilan 30 nafar o`quvchi bo`ladi.

Ta`lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirganlarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Diplom olingan bilim, ko`nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo`llash huquqini beradi.

    Boshqa yangiliklar