Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Rustam Ikromov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Unda ta`kidlanishicha, shifoxonaga tushib qolgan Surxondaryo va Buxoro viloyati hokimlari, Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev, Sog`liqni saqlash vaziri Shodmonov, Nurmat Otabekov va boshqa mansabdorlarning salomatligida tashvishli narsa yo`q. Ayni paytda ularning barchasi davolanishda davom etishmoqda.