Karantin paytida O`zbekistonga kirish tartibi ma`lum qilindi

Jamiyat 11.08.2020, 18:36
Karantin paytida O`zbekistonga kirish tartibi ma`lum qilindi

Tashqi ishlar vazirligi SOVID-19 pandemiyasi bilan bog`liq karantin choralari davrida fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi kirish tartibi qanday ekanligi haqida ma`lumot berdi.

— 2020 yil 15 iyundan boshlab quyidagi toifadagi fuqarolarga aviaqatnovlar orqali O`zbekistonga kirish uchun karantin choralari soddalashtirildi:

- xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila a`zolari;

- investisiya loyihalari doirasida xorijiy kompaniya va boshqa tashkilotlarning O`zbekistonda ishlayotgan mutaxassislari;

- davolanish uchun kelayotgan shaxslar;

- O`zbekistonda “doimiy yashash joyiga ega” xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar.

Ushbu toifadagi fuqarolar mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma so`rab O`zbekiston Respublikasining tegishli organlariga murojaat qilishlari shart emas.

2. Xorijda vaqtincha bo`lib turgan yoki chet elda doimiy asosda yashovchi va vatanga aviaqatnovlar orqali qaytishni istayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat hududiga kirishlarida hech qanday cheklovlar ko`zda tutilmagan.

3. O`zbekistondan tranzit orqali boshqa davlatga ketayotgan chet el fuqarolarning mamlakat hududidan o`tishlariga xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasining O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga avvaldan qilgan so`rovlari asosida ruxsat beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1