1

Livan bosh vaziri: " Mamlakatdagi korrupsiya hukumatdan kuchli bo`lib chiqdi"

Dunyo 11.08.2020, 23:45
Livan bosh vaziri: " Mamlakatdagi korrupsiya hukumatdan kuchli bo`lib chiqdi"

Livan hukumati 4 avgust kuni Bayrutda sodir bo`lgan kuchli portlash va uning ortidan yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari tufayli iste`foga chiqdi. O`zining xayrlashuv bayonotida bosh vazir «korrupsiya tizimi Livan davlatidan kuchliroq» kelganini ta`kidladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Livan bosh vaziri Hassan Diab mamlakat hukumati iste`foga chiqishini ma`lum qildi. Hukumat rahbariyatining ushbu qarori Bayrutda prezident iste`fosini va erta saylovlarni o`tkazishni talab qilgan aholi noroziliklari boshlanganidan keyin qabul qilingan. 

«Korrupsiya natijasida yuzaga kelgan ushbu qo`zg`olon davlatdan ham kuchliroq», — dedi Diab televidenie orqali bergan bayonotida. Shu bilan birga, bosh vazir ushbu qadam Livan ichki siyosiy muammolariga echim topishiga va yordam berishiga umid bildirdi.

Eslatib o`tamiz: 4 avgust kuni Livan poytaxtida ro`y bergan kuchli portlash oqibatida hayotdan ko`z yumganlar soni 200 nafardan oshdi, 6 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Hodisaga 2015 yilda Bayrut bojxonasi xodimlari Rossiyaga tegishli kemadan musodara qilib olgan, o`tgan davr mobaynida Bayrut porti omborida saqlab kelingan 2750 tonna ammiakli selitra sabab bo`lgani aytilmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, portlashdan etkazilgan jami zarar qamrovi 15 mlrd AQSh dollariga teng bo`lgan va portlash natijasida 300 mingdan oshiq aholi uysiz qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1