AsosiySalomatlik

Koronavirusni yuqtirib olmaslikning samarali usuli ma`lum qilindi

'Koronavirusni yuqtirib olmaslikning samarali usuli ma`lum qilindi'ning rasmi

Xonani shamollatish — koronavirusni yuqtirib olmaslikning samarali usuli deya ma`lum qilindi.

Amerikalik professor Shelli Miller buni qanday amalga oshirish va birinchi navbatda nimalarga e`tibor berish kerakligi haqida «Conversation» nashriga so`zlab bergan:

«Xona havosini almashtirish uchun eng maqbul vaqt uning hajmi va ichkaridagi odamlar soniga bog`liq. Shunga qaramay, soatiga kamida 6 marta xona havosini almashtirish kerak».

Ekspert AQShdagi ko`pgina xonalar ventilyasiya me`yorlariga to`g`ri kelmasligiga ahamiyat qaratib, karbonat angidrid gazi darajasini tekshirishni maslahat berdi. Koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun, uning so`zlariga ko`ra, karbonat angidrid konsentrasiya 600 ppm. ko`rsatkichidan past bo`lishi zarur.

    Boshqa yangiliklar