Organizmda pnevmoniyadan so`ng qanday o`zgarishlar bo`ladi?

Salomatlik 12.08.2020, 15:23
Organizmda pnevmoniyadan so`ng qanday o`zgarishlar bo`ladi?

Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurillaeva quyidagicha javob berdi: 

Pnevmoniya bilan  kasallangan organizmning tiklanishi oson jarayon emas. Bu o`pkaning shikastlanish darajasi va intoksikasiya bilan bog`liq bo`ladi. Pnevmoniyada kislorod va nafas etishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun tiklanish jarayoni bir qancha vaqt talab etadi.  

Pnevmoniyadan so`ng kuzatilgan noxushlik va kuchli holsizlik temir tanqisligi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Temir moddasi yallig`lanish jarayonlarida organizmda faol qatnashadi. Bundan tashqari, surunkali yurak etishmovchiligida, buyrak etishmovchiligi kabi xolatlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bemor holatidan kelib chiqib mos bo`lgan preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.  

 Doimiy hansirash pnevmoniyadan tashqari  quyidagi kasalliklarda kuzatilishi mumkin:

  • Yuqori nafas yo`llari va o`pka kasalliklarida;  

 

  • Yurak kasalliklarida;

 

  • Qon kasalliklarida;  

 

  • Kamharakat hayot tarzi – bunda biroz jismoniy harakatda hansirash paydo bo`lishi mumkin;  

 

  • O`RVI yoki boshqa infeksion kasalliklar fonida.

 

Hansirash jiddiy belgi hisoblanadi, shuning uchun siz tashxisni aniqlashtirish maqsadida shifokorga murojaat qilishingiz zarur!

️Oddiy grippga karshi vaksina koronavirus infeksiyasiga ta`sir ko`rsatmaydi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1