AsosiyJamiyat

Magistraturaga hujjat topshirgan abiturientlar onlayn tarzda test topshirig`ini bajaradi

'Magistraturaga hujjat topshirgan abiturientlar onlayn tarzda test topshirig`ini bajaradi'ning rasmi

Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mas`ul xodimi Bahriddin Shayvaliev ma`lum qildi.

«Magistraturaga hujjat topshirgan abiturientlar qaysi OTMni tanlaganidan qat`i nazar har bir viloyatda tashkil qilingan maxsus joyda kompyuter orqali onlayn tarzda test topshirig`ini bajaradi.

Yo`nalishlar bo`yicha tayanch OTM testni ishlab chiqadi va testlarning maxfiyligi ta`minlanadi. O`sha yo`nalish bo`yicha hujjat topshirgan talabgorlar qaysi oliy ta`lim muassasasini tanlaganidan qat`i nazar bir xil testni ishlaydi. Masalan, pedagogika yo`nalishi bo`yicha turli OTM talabalari uchun testlar bir xil bo`ladi.

Ko`pchilik odamlar magistratura imtihonlari onlayn bo`lishi haqidagi ma`lumotni noto`g`ri tushunib, hamma o`zi xohlagan joyda test sinovlarini bajarishi mumkin, deb o`yladi. Lekin bunday qilinsa, shaffoflikni ta`minlashning imkoni bo`lmaydi. Shuning uchun imtihon uchun maxsus joy tashkil qilinadi», - dedi   Bahriddin Shayvaliev 

 

    Boshqa yangiliklar