1

Yangiyo`lda bedarak yo`qolgan 1,5 yashar bolaning jasadi topildi

Jamiyat 12.08.2020, 16:26
Yangiyo`lda bedarak yo`qolgan 1,5 yashar bolaning jasadi topildi

Yangiyo`l tumani IIB navbatchilik qismiga joriy yilning 9 avgust kuni soat taxminan 20:00da Yangiyo`l tumani, Qo`shtepa MFY, O`zbekiston ko`chasi,7-uyda yashovchi fuqaro M.Ortiqaliev 16.10.2018 yilda tug`ilgan nabirasi U.Rixsitillaev uydan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganligi haqida murojaat qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati  ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur murojaatga asosan tuman prokurori o`rinbosari D.Azimov, tuman prokurori katta yordamchisi J.Rustamov va tuman IIB tezkor xodimlari voqea joyiga chiqib, voqea joyini ko`zdan kechirib, holat yuzasidan tushuntirish xatlari olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Yangiyo`l tumani, Qo`shtepa MFY, O`zbekiston ko`chasi, 7-uyning orqa tomonidan “Jo`n ariq” kanali oqib o`tganligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida 02.08.2004 yilda tug`ilgan voyaga etmagan O.Xoldorov Yangiyo`l shahar, Fayzobod MFY hududidan oqib o`tuvchi “Jo`n ariq” kanalida yoshi taxminan 1,5-2 yosh bo`lgan bola tanasi suvda ko`ringanligi, suvda suzishni bilmaganligi sababli, bola murdasini suvdan olib chiqa olmaganligini o`z tushuntirish xatida bayon qilgan.

Shu bilan birga, tuman prokuraturasi, tuman IIB va tuman favqulotda vaziyatlar bo`limi bilan hamkorlikda “Jo`n ariq” kanali suvi 3 soatga to`xtatib qo`yilib, suvda bola murdasini qidirish ishlari tashkillashtirildi.

12.08.2020 yilda Yangiyo`l tumani, Mirzaboboev MFY, Ohunboboev uchastkasidan oqib o`tuvchi “Jo`n ariq” kanalidan 16.10.2018 yilda tug`ilgan U.Rixsitillaevning murdasi jonsiz holatda topildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1