1

Filippin prezidenti rus vaksinasining tekinga etkazib berilishiga umid qilmoqda

Dunyo 12.08.2020, 16:39
Filippin prezidenti rus vaksinasining tekinga etkazib berilishiga umid qilmoqda

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksina yaratish bo`yicha olib borayotgan ishlari maqtovga sazovor ekanligini ta`kidlab, uning sinovlarida Filippin ham qatnashishni xohlayotganini aytdi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Moskva Filippinga vaksina etkazib berishni taklif qilgan va Duterte bu taklifni xursandchilik bilan qabul qilgan. Filippin prezidenti rus vaksinasining tekinga etkazib berilishiga umid qilmoqda.

Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi vaksina ro`yxatdan o`tkazilganini ma`lum qildi. Rossiya Fillippinga vaksina etkazib berish yoki Fillippining o`zida katta miqdorda vaksina ishlab chiqarishga tayyorligini ma`lum qilgan.

Hozirda Filippin Osiyodagi koronavirus eng ko`p tarqalgan mamlakatlardan biri bo`lib, bu erda 136 638 kishi ushbu infeksiyani yuqtirib olgan va ularning 6958 nafari vafot etgan.

“Men prezident Vladimir Putinga aytamanki, men sizning COVID-19 ga qarshi kurashda olib borayotgan ishlaringizga juda qattiq ishonaman. Siz ishlab chiqargan vaksina haqiqatda insoniyat uchun juda foydali ish bo`ldi” dedi Duterte dushanba kuni.

Hozirda dunyo bo`ylab jadal sur`atda ketayotgan vaksina yaratish poygasi ba`zi xavotirlarni ham keltirib chiqarmoqda. Masalan, vaksina yaratmoqchi bo`layotgan mamlakatlar birinchi navbatda uning xavfsizligiga emas, balki uni tezkorlik bilan yaratib o`zlarining obro`larini oshirishga harakat qilmoqdalar, degan qarashlar ham mavjud.

Duterte Filippin aholisining Rossiya vaksinasi borasidagi shu kabi qo`rquvlarini bartaraf etish uchun o`zi birincha galdagi “tajriba quyonchasi” bo`lishini aytdi.

“Men tajriba o`tkaziladigan birinchi odam bo`lishim mumkin” degan Duterte.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1