AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 250 kishi koronavirusdan zararlandi. Toshkentda ushbu virusdan 2 erkak vafot etdi

'O`zbekistonda 250 kishi koronavirusdan zararlandi. Toshkentda ushbu virusdan 2 erkak vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, 2020 yil 12 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 465 (+250) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 109 nafari Toshkent viloyatida, 108 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. (erkak) hamda Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar mamlakatimizning 6 hududida jami 1 016 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog`ayganlar soni 25 106 (+1 016) nafarni tashkil etmoqda.  

Yurtimizda “COVID-19”dan sog`ayish ko`rsatkichi esa 77 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 7 149 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar