1

Poytaxtimizdagi 7 ta tuman tibbiyot birlashmasida yangi rahbarlar ish boshladi

Jamiyat 12.08.2020, 20:29
Poytaxtimizdagi 7 ta tuman tibbiyot birlashmasida yangi rahbarlar ish boshladi

Toshkent shahridagi Shayxontohur, Bektemir, Mirzo Ulug`bek, Yakkasaroy, Olmazor, Uchtepa va Sergeli tuman tibbiyot birlashmalari(TTB)ga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Xususan, Shayxontohur TTBga poytaxtimizdagi 24-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokor muovini Guli Xoliqova, Bektemir TTBga Mirobod tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikasi mudiri Zebiniso Umarova, Mirzo Ulug`bek TTBga “O`zavtosanoat” AJga qarashli “CLINIC PRO” TDM bosh shifokori Muyassar Muhammedova, Yakkasaroy TTBga Toshkent shahar 3-sonli klinik shifoxonasi bosh shifokori Dilfuza Muxsimova, Olmazor TTBga Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Azizbek Nizomov, Uchtepa TTBga  32-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Nigoraxon Saidova, Sergeli TTBga esa 12-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Tojiboy Yuldashov boshliq etib tayinlandi.

Yangi rahbarlarga  o`z hududlarida, avvalo, tibbiy profilaktika ishlari bilan jiddiy  shug`ullanish, oilaviy poliklinikalar ish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholini koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko`rsatkichini kamaytirish va jilovlash bo`yicha  aniq chora-tadbirlar ko`rish, tashkil etilgan mobil brigadalar va “COVID-19”ga ixtisoslashgan poliklinikalar faoliyatini tubdan takomillashtirish, kasallikda gumon qilingan fuqarolarni o`z vaqtida ro`yxatga olish va davolashni tashkil qilish, kasallanganlar bilan birlamchi muloqotda bo`lib, karantinga olingan shaxslarni va ularning oila a`zolarini muntazam tibbiy nazorat qilib borish, “103” tez tibbiy xizmat bilan oilaviy poliklinikalar o`rtasidagi uzviylikni ta`minlash kabi qator dolzarb vazifalar yuklatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1