1

Barcha viloyatlarda kimyo va biologiya fanlari bo`yicha tayanch va ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etiladi

Jamiyat 12.08.2020, 23:27
Barcha viloyatlarda kimyo va biologiya fanlari bo`yicha tayanch va ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etiladi

«Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta`lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra:

respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch maktablari tashkil etiladi;

 tuman (shahar)larda bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar tashkil etiladi;

 ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o`qituvchilari hamda rahbar kadrlarining ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50 %gacha oshiriladi;

Davlat test markazi 2021 yil 1 fevralga qadar kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo`yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qiladi. Milliy sertifikatga ega o`quvchilar davlat OTMiga o`qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test topshirishdan ozod etiladi hamda ularga maksimal ball beriladi;

 2021 yildan boshlab har 2 yilda bir marotaba OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo`yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o`tkaziladi.

Mazkur olimpiadalarda g`olib bo`lgan talabalarga bir martalik mukofot taqdim etiladi hamda tegishli yo`nalishlar bo`yicha magistraturaga davlat granti asosida imtihonsiz o`qishga kirish huquqi beriladi;

OTMlarning kimyo va biologiya yo`nalishlari talabalari o`rtasida o`tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g`oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo`yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo`yicha o`qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi;

2021/2022 o`quv yilidan boshlab kimyo va biologiya yo`nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumta`lim maktablari bitiruvchi sinf o`quvchilari o`rtasida ko`p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta`lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo`yicha o`zining olimpiadasini o`tkazadi va 1-3 o`rinlarni egallagan o`quvchilarni OTM mablag`lari hisobidan imtihonsiz o`qishga qabul qilish tartibi joriy etiladi;

 Olimpiadalar g`oliblarini tayyorlagan professor-o`qituvchilarni rag`batlantirish maqsadida 2021 yildan ularga bir marotaba oylik maoshining 100 % miqdorida haq to`lash, shuningdek kimyo va biologiya fanlari bo`yicha talabalar uchun to`garaklar olib borayotgan professor-o`qituvchilarga o`quv yili davomida OTM byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan oylik maoshlariga 25 % miqdorida ustama haq belgilash tartibi joriy etiladi;

OTMlarning kimyo va biologiya ta`lim yo`nalishlari bo`yicha imtiyozli diplomga ega bo`lgan bitiruvchilari mazkur muassasalarning magistratura mutaxassisligiga qo`shimcha imtihonlarsiz to`lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;

OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a`lo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturasiga imtihonlarsiz to`g`ridan-to`g`ri qabul qilish tartibi joriy qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1