Bu haqda "Davergeodezkadastr" qo`mitasi axborot xizmati ma`lumot berdi.
Erlarni xatlov qilish jarayonida tumanda bo`layotgan erdagi har xil o`zgarishlar, erga oid hujjatlar, qarorlar, qonun buzilish holatlari, dalolatnomalar va boshqalarni o`rganib onlayn Geoportal platformasiga joylash belgilandi. Tumaning sakkiz toifadan iborat jami er maydonini to`liq xatlovdan o`tkazib uni elektron xaritada ya`ni geoportalda aks ettirildi.
Jarayonlarning barchasi avtomatlashgan holda bo`ladi va xatlovni o`tkazish uchun respublikadan eng yuqori malakali mutaxassislar jalb qilingan va bir oy muddatda Qibray tumani bo`yicha geoportalni to`liq yaratish vazifasi belgilangan.
Platformaning fuqaro va tadbirkorlarga qulayliklari shundaki, qishloq xo`jaligi eri yoki boshqa maqsadlar uchun er so`raladigan bo`lsa, albatta ushbu platforma orqali Respublikaning xohlagan hududidan turib onlayn tarzda ma`lumotni olishi mumkin bo`ladi.






