Avval xabr berilganidek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e`tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o`z faoliyatini davom ettiradi.
Ushbu yangi tartib yuzasidan Din ishlari bo`yicha qo`mita va O`zbekiston musulmonlari idorasi qo`shimcha ma`lumot berdi.
Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi».
Shuningdek, quyidagi muhim tavsiya va talablarga so`zsiz amal qilish, masjidlar faoliyatining davomli bo`lishiga asosiy omil bo`ladi, jumladan:
-masjidlarning kirish joyini dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfeksiyalash vositalari, pirometrlar (kontaktsiz harorat o`lchagich) bilan ta`minlash;
-har bir fuqaro masjid ichida tibbiy niqobda bo`lishi, hududga kirishda qo`llarini dezinfeksiyalash vositasidan foydalanishi;
-masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish (harorat o`lchash va tashqi alomatlar), tana harorati 37ºS va undan yuqori bo`lgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;
-ibodat vaqtida ijtimoiy masofalanishni saqlash, fuqarolar orasidagi masofani 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda);
-har bir masjidning kirish qismiga kasallikdan saqlanish, hududda karantin talablariga qat`iy amal qilish, xususan, 65 yoshdan katta fuqarolarni masjidlarga vaqtincha tashrif buyurmay turishlari tavsiya etilishi to`g`risidagi axborot lavhalarini o`rnatish;
-masjid ma`muriyati tomonida ish faoliyatni karantin davrida tashkil etish bo`yicha tegishli buyruq va ichki tartiblarni ishlab chiqish (bunda yoshi 65 yoshdan ulug` fuqarolarni vaqtincha tashrif uyurmay turishlarini tavsiya etish);
-masjidlarda juma namozini vaqtincha ado etmaslik;
-hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan masjidlarning barcha xodimlari bilan tushuntirish ishlarini tashkil etish;
-ushbu xizmat tomonidan belgilangan muddatda (har 3 kunda yoki haftada bir marotaba) masjidlardagi sanitariya-epidemiologik holatni o`rganish va tavsiyalar berish;
-masjidlar binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish;
-masjidga kirish va chiqish joylarida aholining to`planishiga qat`iy yo`l qo`ymaslik;
-tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan ta`minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda foydalanish kabi tartib-intizomlar alohida ta`kidlanadi.






