Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” yo`nalishi bo`yicha temir yo`l reysni tashkillashtirish to`g`risida qaror qabul qilingan edi.
O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, joriy yilning 10 avgust kuni Gnilovskaya – Toshkent yo`nalishida harakatlanishni boshlagan poezd bugun 918 nafar yurtdoshlarimizni O`zbekistonga olib keldi.
Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat`iy rioya qilgan holda karantinda bo`lishlarini ta`minlash maqsadida avtobuslarda, kuzatuv ostida Toshkent viloyatining maxsus karantin zonalariga etkazildi.






