O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni bilan Respublika OTMning magistraturasiga kirish imtihonlari bo`yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Magistraturaga o`qishga kirishda eng ko`p (maksimal) to`planishi mumkin bo`lgan ball – 250 ball.
Shundan:
tegishli mutaxassislik fanlari bo`yicha 2,3 balldan 30 ta test savoli uchun jami 69 ball;
talabgorning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo`yicha 3,1 balldan 10 test savoli uchun jami 31 ball;
chet tili bo`yicha 2 balldan 25 ta test savoli uchun jami 50 ball;
bitiruvchining umumiy reytingi yoki o`zlashtirish ko`rsatkichi (diplom bo`yicha) – 100 ball.
Talabgorga test echish uchun 130 daqiqa ajratiladi.






