Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialining qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga 2020-2021-o`quv yilida “5240100-Yurisprudensiya (huquqbuzarlik profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta`minlash)” bakalavriat ta`lim yo`nalishining kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha qabul parametrlarining o`qitish tillari kesimida taqsimoti tasdiqlandi.






