1

Inson huquqlari bo`yicha Samarqand veb-forumi yakunlandi

Jamiyat 13.08.2020, 21:28
Inson huquqlari bo`yicha Samarqand veb-forumi yakunlandi

Forum BMTning Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Boshqarmasi hamda ushbu Boshqarmaning Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy bo`limi, BMT Taraqqiyot dasturi, Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratiya va inson huquqlari bo`yicha byurosi, EXHTning O`zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, Fridrix Ebert fondi kabi bir qator xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda o`tkazildi.

Xalqaro anjuman nihoyasida Samarqand forumining bevosita tashabbuskori O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tadbir ishtirokchilari va jahon yoshlariga yo`llagan samimiy tilaklari uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Samarqand veb-forumi ishtirokchilari xalqaro anjumanga puxta tayyorgarlik ko`rilganini alohida qayd etdilar. Bu, o`z navbatida, munozara va muhokamalar samaradorligini, umuman, xalqaro anjumanning yuqori saviyada o`tishini ta`minlagani e`tirof etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1