To`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga yana bir imkon berildi

Jamiyat 13.08.2020, 22:00
To`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga yana bir imkon berildi

Ma`lumki, 2020 yil 20 iyul kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlandi.

Ro`yxatga olish yakunlangandan so`ng, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni to`liq amalga oshirmagan abiturientlar tomonidan ko`plab murojaatlar kelib tushdi.

Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

2020-2021-o`quv yili qabulida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga 2020 yil 16 avgustga qadar to`lovni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Ya`ni, test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abiturientlar 2020 yil 16 avgustga qadar to`lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ma`lumot uchun, ro`yxatga olish yakunlari bo`yicha jami 1 484 085 nafar abiturient ro`yxatdan o`tgan. Bunda to`lovni amalga oshirmagan abiturientlar ham hisobga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1