AsosiyJamiyat

Yuqorichirchiqda 46 yoshli erkak o`zining 53 yoshli akasini do`pposlab, pichoqladi

'Yuqorichirchiqda 46 yoshli erkak o`zining 53 yoshli akasini do`pposlab, pichoqladi'ning rasmi

Yuqorichirchiq tumanida o`z akasini do`pposlab pichoqlagan ukaga jinoiy ish ochildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati.

Aniqlanishicha, 4 iyul kuni Yuqorichirchiq tumani «Fayzobod» mahallasida yashovchi 46 yoshli Zokir D. shu mahallada yashovchi akasi 53 yoshli Husan D. bilan akasining uyida suhbatlashib o`tirib, o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qoladi. Janjal davomida Zokir akasining turli joylariga qo`li bilan urib, so`ng oshxona pichog`i bilan qo`l sohasiga bir marotaba urib tan jarohati etkazgan.

Natijada Husan D. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizilgan.

O`tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida Husan D.ning olgan tan jarohatlari og`irlik darajasiga ko`ra og`ir tan jarohatlari toifasiga kirishi ko`rsatib o`tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Zokir D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar