AsosiyJamiyat

7 ta hududdan 238 kishida koronavirus aniqlandi

'7 ta hududdan 238 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 14 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 561 (+238) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 132 nafari Toshkent shahrida (shundan 105 nafari tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 27 nafari O`rtasaroy karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida), 35 nafari Samarqand viloyatida, 32 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 6 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar