"Xalqaro shartnomaga qo`shilish to`g`risida"gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-4806-son, 12.08.2020 y.).
Qaror bilan O`zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migrasiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo`yicha Maslahat kengashini tashkil etish to`g`risidagi Bitimga o`zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga (Minsk, 2016 yil 28 oktyabr) qo`shildi.
Shu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.
️ Eslatib o`tamiz, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migrasiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo`yicha Maslahat kengashini tashkil etish to`g`risidagi Bitim 1992 yil 13 noyabrda Moskva shahrida tuzilgan.






