Muqaddam sudlangan 23 yoshli E.B., tanishlari 22 yoshli F.M., 23 yoshli M.K. va O.T., lar bilan jinoiy til biriktirib, 2020 yilning 27 iyun kunidan 05 iyul kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, tungi vaqtda Chirchiq shahri hududida 5 nafar fuqarolarning turli rusumdagi avtomashinalari old eshiklarini bir xil usulda buzib ochishib, avtomashina ichidagi narsa-buyum va naqd pullarni talon-toroj qilib, jami 12.410.000 so`m miqdorda moddiy zarar etkazganlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatchilar prosessual tartibda ushlanib, ulardan o`g`irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, E.B., F.M., M.K. va O.T., lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib. “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo`yicha jinoyat ishlari bo`yicha sudga yuborilgan.






