1

Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etishi mumkin

Dunyo 14.08.2020, 15:52
Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etishi mumkin

O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibining xabar qilishicha, yaqinda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning bir qator sub`ektlarida migrantlar orasida jinoyatchilik o`sayotgani va bu holatlarning oldini olish maqsadida hududiy rahbarlar qo`shimcha choralar ko`rishi lozimligini ma`lum qilgan.

Shu munosabat bilan Superjob tadqiqotlar markazi mamlakat aholisi o`rtasida so`rovnoma  o`tkazdi va unda ishtirok etganlarning qariyb 60 foizi mehnat migrantlari uchun ishchi vizalarini berish tartibini murakkablashtirish taklifini qo`llab-quvvatlagan.

Medvedevning ta`kidlashicha, yangi qoidalarga ko`ra, mehnat migranti ish beruvchi uning ish joyini tasdiqlagan taqdirda Rossiyaga kirishi mumkin bo`ladi. Koronavirus pandemiyasi davrida mehnat migrantlarining 40 foizi ishsiz qolgan va bu Rossiyada jinoyatchilikning o`sishiga sabab bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1