AsosiyJamiyat

Toshkentda koronavirusga chalingan ikki bemor vafot etdi

'Toshkentda koronavirusga chalingan ikki bemor vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumot berishicha, 2020 yil 14 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 821 (+260) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 127 nafari Toshkent viloyatida, 105 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida, 3 nafardan Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlarida hamda 2 nafari  Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.Ya. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 346 nafar, Toshkent viloyatida 256 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, jami 612 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 27 825 (+612) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 82 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 5 776 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar