1

Chet elda ishga joylashtirish bo`yicha xizmat haqi ish qidirayotgan shaxsdan emas, ish beruvchidan undiriladi

Jamiyat 14.08.2020, 17:40
Chet elda ishga joylashtirish bo`yicha xizmat haqi ish qidirayotgan shaxsdan emas, ish beruvchidan undiriladi

“Xususiy bandlik agentliklari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi (O`RQ–632, 13.08.2020 y.). Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, O`zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha xizmatlar uchun haqni ish qidirayotgan shaxslardan emas, balki ish beruvchilardan undirish belgilandi.

 Qonunga ko`ra, yuqoridagi xizmatlarni ko`rsatuvchi xususiy bandlik agentliklari BHMning 8 500 baravari miqdoridagi  mablag`ni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasida zaxira qilib qo`yadi (amalda bu miqdor 50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi).

 Xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati BHMning bir baravarigacha miqdorda (223 ming so`m) belgilandi (amalda shartnoma asosida yoki bepul ko`rsatiladi).

Shuningdek, qonunda xususiy bandlik agentliklarining chet ellik ish beruvchi, sheriklar bilan hamkorlik to`g`risida shartnoma tuzishi ham zaruriy shart qilib belgilandi.

 

🖥 Xususiy bandlik agentliklariga ular  tomonidan xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi shartnomani “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida ro`yxatdan o`tkazish majburiyati yuklatildi.

 

▫️Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1