1

15 avgust soat 06:00: O`zbekistonda metro ishga tushadi

Jamiyat 14.08.2020, 18:52
15 avgust soat 06:00:  O`zbekistonda metro ishga tushadi

O`zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo`lga qo`yiladi.  Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Soat 6-00 dan e`tiboran, Toshkent metropolitenining “O`zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.  

Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir  qatnovni yakunlagandan so`ng to`liq dezinfeksiyadan o`tkaziladi.  

Sanitariya talablari doirasida yo`lovchilarning metro stansiyalari va poezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo`lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo`lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.  

Eslatib o`tamiz, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do`stlik – Qo`yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1