1

Talabalarga kontrakt to`lovi bo`yicha engilliklar berildi

Jamiyat 14.08.2020, 20:47
Talabalarga kontrakt to`lovi bo`yicha engilliklar berildi

Pandemiya sharoitida aholining to`lov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi to`lov-shartnoma asosida o`qiydigan oilalarga qator engilliklar berildi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi pandemiya davrida kontrakt narxlari borasida kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, Moliya vazirligi bilan birga takliflar ishlab chiqdi. Unga ko`ra:

 2020/21 o`quv yilida amaldagi bazaviy to`lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o`qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi;

 OTMlar tomonidan etim, chin etim, nogiron bo`lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» ro`yxatidagi oilalar farzandlari bo`lgan talabalarga kontrakt to`lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko`rsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablag`lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4 mln so`mgacha moliyaviy yordam ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladi;

Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o`tagan va OTMlarda to`lov-kontrakt shakli asosida o`qiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to`lash orqali moddiy yordam ko`rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.so`mdan 3,4 mln.so`mgacha miqdorni tashkil etadi.

Qo`shimcha qilinishicha, OTMlarda ta`lim olish (o`zining, 26 yoshga to`lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta`lim olishi) uchun to`lovlarga yo`naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo`lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig`idan ozod qilingan bo`lib, bunda bir nafar talaba uchun kontrakt to`lagan oilaga bir yilda 770 ming so`mdan 1 mln 177 ming so`mgacha mablag` daromad solig`idan imtiyoz shaklida qaytadi

To`lov-shartnoma asosida o`qiydigan talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda beriladigan chegirmalar hisobiga davlat byudjetiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayoniga tegishli xarajatlar normativlari qayta ko`rib chiqiladi hamda ularda qo`shimcha ta`lim xizmatlarni ko`rsatish hisobiga byudjetdan tashqari mablag`larni jalb qilish orqali chegirma xarajatlarini qoplash choralari ko`riladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1