2020 yil 15 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 251 (+234) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 185 nafari Toshkent shahrida, 37 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari esa Xorazm viloyatida, tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.