SSVning xabar berishicha, Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli U.A. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 34 251 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 28 661 nafari (84 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 5 367 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 1 289 nafari og`ir, 362 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.