Toshkent shahridagi 22 ta avtobus yo`nalishiga o`zgartirish kiritildi

Jamiyat 15.08.2020, 11:02
Toshkent shahridagi 22 ta avtobus yo`nalishiga o`zgartirish kiritildi

Toshkent shahridagi 22 ta avtobus yo`nalishlari harakatiga va 3 ta yo`nalishlardagi avtobuslar rusumiga o`zgartirishlar kiritildi va 3 ta avtobus yo`nalishlari yopildi. B haqda "Toshshahartransxizmat" Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Toshkent shahrida olib borilayotgan keng qamrovdagi bunyodkorlik ishlari poytaxt jamoat transporti harakatini muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda.

Jumladan, ko`cha-yo`l tarmoqlaridagi qurilish va ta`mirlash ishlari doirasida Bektemir, Yashnobod, Sergeli tumanlari orqali harakatlanuvchi 22 ta avtobus yo`nalishlari harakatiga va 3 ta yo`nalishlardagi avtobuslar rusumiga o`zgartirishlar kiritildi. Xususan, kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, 2020 yil 17 avgustdan boshlab, avtobus yo`nalishlari quyidagicha harakatlanadi:

-      “Qo`yliq M2” va “Qo`yliq M1” avtoshohbekatlarining faoliyati tugatilganligi sababli, 30, 45, 54, 110, 122, 128, 130, 145, 183-sonli avtobus yo`nalishlarining so`nggi bekati "Qo`yliq dehqon bozori" shohbekatida belgilandi;

-      Farg`ona yo`li ko`chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 12 va 68-sonli avtobus yo`nalishlarining qaytish yo`nalishidagi harakati Farg`ona yo`li, Jarqo`rg`on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko`chalari orqali vaqtinchalik o`zgartiriladi;

-      13t-sonli “Suvsoz mavzesi – Toshkent vokzali AShB” avtobus yo`nalishining qaytish yo`nalishidagi harakati Farg`ona yo`li, X.Bayqaro ko`chalari orqali (THAY orqali “Qo`yliq dehqon bozori” bekatiga kirmagan holda) “Suvsoz mavzesi” AShBgacha tashkil etiladi;

-      Fargona yuli-Munis kuchalari chorraxasi avomobillar xarakati uchun epilganligi munosabati bilan, 15, 81, 93-sonli avtobus yunalishlari xarakati Fargona yuli kuchasi, Kuylik kuprik yuli ostidagi kayrilib olish manzili orkali (Kuylik dexkon bozori va Kuylik 1-mavzesigacha xarakatlanmagan xolda) tashkil etiladi;

-      22-sonli avtobus yo`nalishining harakati “Do`stlik metrosi” AShBdan Elbek, Aviasozlar, Qorasuv, Aviasozlar 5-tor ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o`zgartiriladi;.

-      28-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – Do`stlik metrosi AShB” avtobus yo`nalishining ish boshlash manzili “Do`stlik metrosi” AShBdan “Yashnobod qurilish kolleji” bekatiga ko`chirildi va yo`nalishning to`g`ri yo`nalishdagi harakati “Yashnobod qurilish kolleji” bekatidan Asalobod, Jarqo`rg`on, Izzat, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda, qaytish yo`nalishidagi harakati Elbek ko`chasidan Aviasozlar, Qorasuv, Asalobod ko`chalari orqali “Yashnobod qurilish kolleji” bekatigacha tashkil etiladi va yo`nalish 28A-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi” avtobus yo`nalishi deb nomlandi.

-      45-sonli yo`nalishning “Boshliq” mavzesi tomon harakati Farg`ona yo`li ko`chasi orqali Farg`ona bozori ko`prik yo`li ostida joylashtirilgan burilib olish manzili, Farg`ona yo`li va Yangi Qo`yliq ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda o`zgartiriladi;

-      59A-sonli avtobus yo`nalishining harakati M.Tursunzoda ko`chasidan Mehrigiyo, Parkent yo`li (4R21) ko`chalari va THAY orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etiladi;

-      61A-sonli “Olmos mahallasi – Xalqaro Aeroport-2” avtobus yo`nalishining qaytish yo`nalishidagi harakati Katta Yangiobod ko`chasidan Shoxsanam ko`chasi orqali (“Olmos” mahallasi hududigacha harakatlanmagan holda) “Yangiobod mavzesi” AShBda qisqartiriladi.

-      104 va 117-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati “Baxt ko`li” bekatigacha harakatlanmagan holda “Qo`yliq dehqon bozori” AShBda qisqartiriladi;

-      119-sonli avtobus yo`nalishining harakati vaqtinchalik “Qo`yliq 1-mavzesi”gacha harakatlanmagan holda “Qo`yliq dehqon bozori” AShBda qisqartiriladi.

Yo`nalishlardagi yo`lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda quyidagi yo`nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar rusumiga o`zgartirish kiritiladi:

-      15-sonli avtobus yo`nalishida Isuzu avtobuslari o`rniga Mersedes rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;

-      45-sonli avtobus yo`nalishida Mersedes avtobuslari o`rniga Isuzu rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;

-      122-sonli avtobus yo`nalishida Isuzu avtobuslari o`rniga Mersedes rusumli avtobuslar tasarruf etiladi.

 

Yo`lovchilar oqimi kam bo`lgan 3 ta quyidagi avtobus yo`nalishlari yopildi: 

10-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Toshkent tibbiyot akademiyasi” avtobus yo`nalishi;

111-sonli “Yunusobod 9-dahasi – Oqtepa maydoni” avtobus yo`nalishi;

144-sonli “O`zbekiston jamoa xo`jaligi – Toshkent MUM” avtobus yo`nalishi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1