1

Namunali fuqarolar yig`ini xodimiga sanatoriyga bepul yo`llanma beriladi

Jamiyat 15.08.2020, 11:26
Namunali fuqarolar yig`ini xodimiga sanatoriyga bepul yo`llanma beriladi

Hukumat qarori bilan Fuqarolar yig`inlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi (485-son, 14.08.2020 y.).

Nizomga ko`ra, fuqarolar yig`inlari faoliyati samaradorligi har yarim yillik yakuni bo`yicha reyting baholanadi.

Baholash Mahalla va oilani ko`llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolar yig`inlari faoliyatini baholashda fuqarolar yig`inining har bir xodimining o`z funksional vazifalarini sidqidildan bajarganligi va uning tashabbuskorligiga alohida e`tibor qaratiladi.

Mahallada ehtiyojmand va kambag`al oilalarni aniqlash va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasida olib borilgan manzilli ishlar natijasi baholash ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Baholash natijalariga ko`ra fuqarolar yig`inlari xodimlari va jamoatchilik asosida mehnat qilayotgan shaxslarning har biriga:

*  yarim yillik natijalari bo`yicha mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1,75 baravarigacha bir marotaba pul mablag`lari ajratiladi;

*  yil yakuni natijalari bo`yicha respublika hududidagi sanatoriylardan biriga sog`ligini tiklash uchun bir marotabalik bepul yo`llanma beriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1