AOKAhuzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi.
Brifingda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq savol va murojaatlar yuzasidan javob berildi.
Shuningdek, kasallik engil kechishining taxminiy sabablari ma`lum qilindi:
* Kattalarga nisbatan sog`lom o`pkaga egaligi tufayli bolalar kasallikning og`ir shakllariga beriluvchan emas;
* Bolalar, ayniqsa erta yoshdagi bolalar yomon odatlarga - chekish va boshqalarga ega emasligi;
*Tug`ma immunitet, ya`ni nospesifik himoya bolalarda kattalarga nisbatan kuchli bo`lganligi;
* COVID-19 virusi hujayra ichiga kirishi uchun o`z oqsilini inson hujayralaridagi S reseptorlar bilan bog`laydi. Bolalarda ushbu reseptorlarning soni va faolligi kam. Ya`ni, bolalarda virus kirishi uchun nishonlar kam;
* Bolalar bog`cha va maktablarda o`zlari uchun juda ko`p yangi respirator infeksiyalarga uchraydilar. Buning natijasida ularda bir qator kasalliklarga qarshi antitelalar xosil bo`lib, ularning miqdori kattalarnikiga nisbatan ko`p bo`ladi.
Lekin shuni yodda tutish kerakki, bolalarda ham kasallik o`tkazilib yuborilsa va shifokorga kech murojaat qilinsa xamda ularda nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bo`lsa, ularda ham kasallik og`ir kechishi holatlari kuzatilishi hamda o`limga ham olib kelishi mumkin.






