Bu haqda Koronaviusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ma`lum qildi.
Unga ko`ra, hozirgi kunda Prezidentimiz topshiriqlariga binoan, vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisini emlashni amalga oshirish yo`llarini o`rganib chiqish maqsadida etakchi olimlar va tajribali shifokorlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan.
COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarining barcha bosqichi yakunlanmagunicha mamlakat uni sotib ololmaydi.
U qaysi davlat yoki laboratoriya bo`ladi, bu hozircha noma`lum.






