AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 34528 nafarni tashkil etmoqda

'O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 34528 nafarni tashkil etmoqda'ning rasmi

 

2020 yil 15 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34528 (+277) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining barcha 277 nafari ham Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Shu bilan birga, Navoiy shahrida yashagan 53 yoshli U.X. (erkak) hamda Nurafshon shahrida yashagan 79 yoshli B.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 ️E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 667 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar 29328 nafarga (85 foiz) etdi.

 Hozirda mamlakatimizda 4975 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar