13 avgust kuni soat 18:00da M.A. boshqaruvidagi oq rangli, "Neksiya-1" rusumli, 20 Y 496 DA d.r. belgili avtomashinasini Sirdaryo shaharida harakatlanib ketayotib, "Sindarobod-Sirdaryo" yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelgan M.S. boshqaruvidagi Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli oq rangli, "Isuzi" rusumli, 20 930 KAA d.r. belgili avtomashinasini oldi qismiga urilib, rul boshqaruvini yo`qotib ag`darilib YTH sodir etgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada "Neksiya-1" rusumli, 20 Y 496 DA d.r. belgili avtomashina yo`lovchisi A.I. olgan tan jarohatining og`irlik darajasidan vafot etgan.






