AsosiyJamiyat

Farzandli bo`lgan ota-onalarning FHDYodagi "tashvishlari" bitta ariza bilan hal bo`ladigan bo`ldi

'Farzandli bo`lgan ota-onalarning FHDYodagi "tashvishlari" bitta ariza bilan hal bo`ladigan bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil 1 sentyabrdan boshlab farzandli bo`lgan ota-onalar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Unga ko`ra, bir qator hujjat ishlarini FHDYoda bir vaqtning o`zida bitirib olish mumkin.

Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko`ra endi:

  •  shifoxonadan tug`ilganlik haqidagi tibbiy ma`lumotnoma olish;
  •  FHDYo organida tug`ilganlikni qayd etish;
  • poliklinikaga hisobga qo`yish;
  •  bir martalik "suyunchi" pulini olish;
  •  yashash joyi bo`yicha ro`yxatga qo`yish;
  •  bolani davlat bog`chasiga navbatga qo`yishni FHDYo idorasida birgina ariza to`ldirish bilan amalga oshirish mumkin.

    Boshqa yangiliklar