Kecha Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari boshqaruvni yo`qotishi oqibatida "Eski Anhor" kanaliga tushib ketgan avtomobilni qirg`oqqa olib chiqishdi.
FVV axborot xizmati xabar berishicha, ushbu favqulodda vaziyat 40 minut oldin Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qishlog`ida sodir bo`ldi. Avtomobil chiqarib olinganda, uni boshqargan haydovchi salondan topilmadi. Hozirda g`avvos-qutqaruvchilar tomonidan avtomobil haydovchisini suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda.






