AsosiyJamiyat

Senatorlar 40 million so`m ololmagan sardobaliklar murojaatini o`rganishmoqda

'Senatorlar 40 million so`m ololmagan sardobaliklar murojaatini o`rganishmoqda'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Q.Burxanov boshchiligidagi senatorlar guruhi Sirdaryo viloyatida bo`lib turibdi.

 Parlament yuqori palatasi a`zolari “Sardoba” suv omboridan suv toshishi oqibatida talofat ko`rgan fuqarolardan kelgan murojaatlar hamda toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o`rganmoqda.

Xususan, senatorlar T.Madumarov va F.Boqiev Oqoltin tumanida bo`lib, aholining murojaatlarini joyida o`rgandi. Fuqarolar tomonidan “Sardoba” suv ombori texnogen falokatidan zarar ko`rgan xonadonlar ta`miri, uy-joy ta`minoti kabi masalalarda yordam so`raldi. Ularning aksariyatini ijobiy hal etish bo`yicha tegishli mutasaddilarga ko`rsatmalar berildi.

Ta`kidlash joizki, xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining  2020 yil 23 maydagi qarori asosida “Sardoba” suv omborida yuz bergan texnogen falokatdan talofat ko`rgan xonadonlarni o`rganish bo`yicha deputatlar va mas`ul tashkilot rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilgan. Ular tomonidan barcha mahallalarda o`rganish olib borilgan.

Jumladan, ayrim murojaat yo`llagan fuqarolar xonadoni tuman hokimining o`rinbosari rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan ko`zdan kechirilganda, ularda talofat katta bo`lmaganligi uchun xonadonlar yashashga yaroqli ekanligi maqsadga muvofiq, deb topilgan.

Bundan tashqari, S.Abdullaev, Z.Xolbo`taeva, T.Abdullaeva suv toshqinida Oqoltin tumani “Shodlik” mahallasidagi uyi buzilib ketgani, davlat tomonidan ajratilgan 40 mln. so`m berilishida amaliy yordam so`ragan va yashash uchun yangi uylardan ajratilmaganligidan norozi bo`lib murojaat yo`llagan.

Senatorlar ariza mualliflarining yashash xonadonini o`rgandi. Natijada uy egasiga davlat tomonidan 40 mln. so`m mablag` va ma`ishiy texnikalar uchun sertifikat ajratilganligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, buzilgan uyning er maydoni xonadon egasiga qoldirilib, yangi qurilayotgan ko`p qavatli uylarni berish komissiyasi tarkibi endi tuzilishi va buzilgan xonadonlarga to`liq tarqatilishi haqida tushintirish berildi.

Tez orada o`rganish borasida batafsil ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar