2020 yil 16 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 944 (+243) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 189 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 5 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 30 043 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (86 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4673 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 1021 nafari og`ir, 285 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






