Shu yilning 16 avgust kuni mamlakatimizda 628 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg`ona viloyatlarida jami 930 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 329 nafar bemordan 30 973 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 87 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 124 nafar bemordan 813 nafari og`ir, 234 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






