AsosiyJamiyat

Ertaga ham O`zbekistonda bulutli havo kuzatiladimi?

'Ertaga ham O`zbekistonda bulutli havo kuzatiladimi?'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining ma`lum qilishicha, bugun va ertaga O`zbekiston hududining katta qismi g`arbiy oqim ta`sirida bo`ladi. 

Mamlakatimizga Kaspiy dengizi ustida shakllangan kam nam va nisbatan salqin havo kiradi. Buning natijasida respublikaning katta qismida bulutlilikning ortishi kutilmoqda. Toshkent viloyati, Farg`ona vodiysi viloyatlari, respublikaning tog`oldi va tog`li tumanlarida shu kunlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Mamlakatimizning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Butun respublika bo`yicha haroratning pasayishi kutilmoqda. Ertaga havo harorati 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.

19 avgustdan atmosferadagi g`arbiy oqimlar janubi-g`arbiy oqimlar bilan almashadi. Respublikamiz hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo oqimi ko`tariladi.  

19-21 avgustda butun respublika bo`yicha ob-havo asosan kam bulutli bo`ladi, harorat biroz ko`tariladi. Agar 19 avgustda kunduzgi harorat 28-33 daraja atrofida bo`lsa, 20-21 avgust kunlari kunduzi havo 34-37 darajagacha isiydi.   

    Boshqa yangiliklar